Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahrom A'loev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar so'nggi yillarda ko'p qirrali O'zbekiston-Rossiya hamkorligi misli ko'rilmagan darajada yuqori darajaga ko'tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Davlatlararo hamkorlikni barcha darajalarda rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari to'g'risida fikr almashildi.
Kelgusi tadbirlarning jadvali va kun tartibi turli darajalarda ko'rib chiqiladi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasida muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasini faollashtirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.