ShHT Bosh kotibining bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2022-yilning 13-may kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning ShHTga raisligida tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston raisligida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan tadbirlarda ShHT Bosh kotibining ishtiroki ham ko‘zda tutilgan.