Rossiya Elchisi bilan uchrashuv
2022-yil 25-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi tomonlarning o'zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi ko'rib chiqildi.
Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash ko'rsatkichlarini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo'jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri O.Malginovga millatlararo do'stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo'shgan hissasi uchun "Xalqlar do'stligi" ko'krak nishonini topshirdi.