Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidagi uchrashuv to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Italiyaga tashrifi doirasida Rim shahridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) bosh qarorgohiga tashrif buyurdi.

Jamg‘armaning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Yevropa davlatlari dasturlari bo’yicha mintaqaviy direktori Dina Saleh bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va IFAD o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, dehqon va fermerlar daromadlarini oshirish, bog‘dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish hamda  ushbu sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Orolbo‘yi minqatasida iqlim o‘zgarishlariga moslashish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratildi.

2023-2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Jamg‘arma o‘rtasida hozirda ishlab chiqilayotgan hamkorlik strategiyasiga kiritiladigan loyihalar portfelini yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

IFAD tomonidan Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochish to‘g‘risida qabul qilingan qaror O‘zbekiston bilan munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlik qirralarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.