Qirg'iziston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to'g'risida
2022-yil 13-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.
Suhbat chog’ida O'zbekiston-Qirg'iziston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bo'lajak turli darajadagi ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish borasida keng qamrovli va puxta ishlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.