Qirg'iziston Elchisi bilan uchrashuv haqida
2022-yil 23-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Sidiqov Qirg'iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashuv o’tkazdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda bo'lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat Prezidentlarining shaxsiy aloqalari, ochiq va ishonchli muloqoti, qat'iy siyosiy irodasi tufayli so'nggi yillarda O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidladilar.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo'jaligi va madaniyat sohalaridagi ikki tomonlama munosabatlarni jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv ochiq, do'stona va konstruktiv muhitda o'tdi.