Qirg'iziston Elchisi bilan uchrashuv
2022-yil 28-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahrom A'loev Qirg'iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muso Jamanbayevni qabul qildi.
Do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki mamlakat o'rtasidagi samarali hamkorlik ijobiy sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki mamlakat Prezidentlarining uchrashuvlari va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Turli darajadagi bo'lajak muloqotlarga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashildi.
Sanoat, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport sohalarida loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.
Tomonlarning parlamentlararo, mintaqalararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tayyorligi qayd etildi.