Oʻzbekistonning yangi Elchisi BAAga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarori bilan mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov 2022-yilning 11-aprel kuni Toshkent shahridan Abu-Dabiga joʻnab ketdi.
A.Aqqulov 1985-yilda tugʻilgan.
2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini “Xalqaro turizm menejmenti” yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda “Oʻzstandart” agentligida boshlagan.
2006–2017-yillarda “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan.
2017–2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi, oʻrinbosari, raisning birinchi oʻrinbosari, rais vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Uylangan. Toʻrt farzandning otasi.