O‘zbekistonning insonparvarlik yordami Afg‘oniston xalqiga yetkazildi
Kecha Balx viloyatining Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan bundan avvalroq yetkazilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini alohida taʼkidladi.
Tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning insonparvarlik yordami Afg‘onistonning shimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Un, o‘simlik yog‘i, bug‘doy, guruch, makaron, konserva, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlardan iborat oziq-ovqat to‘plamlari, kiyim-kechak bir oy avval kuchli suv toshqini va sel sodir bo‘lgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.