O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi
2022-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Hose Manuel Albaresga tabrik yo‘lladi.
O‘zbekiston Ispaniyani sanoat, ilmiy-texnikaviy, madaniy va intellektual salohiyatga ega davlat, shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi ishonchli va do‘stona hamkor sifatida bilishi ta’kidlandi.
“Davlatlarimiz koʻp qirrali hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega”, – deyiladi Oʻzbekiston TIV rahbari maktubida.
Tarixiy do‘stlik va o‘zaro anglashuv tamoyillari asosida qurilgan O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlari bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.