O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi
2022-yilning 28-martidan 2-apreliga qadar Tojikiston Respublikasining Boxtar shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda demarkatsiya ishlari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.
Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.