O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHT Parlament assambleyasi raisi bilan uchrashdi

2022-yilning 1-dekabr kuni Lodz shahrida bo‘lib o‘tayotgan YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YXHT PA) raisi Margarita Sederfelt bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbari M.Soderfeltni joriy yilning iyul oyida assambleya raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari va YXHT PA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vladimir Norov YXHT Parlament Assambleyasi raisiga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan jadal va keng ko‘lamli demokratik islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirishdan iborat.

2023-yilda O‘zbekistonda YXHT PAning kuzgi sessiyasini  o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ayrim  xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.