O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi.

Harbiy harakatlarga vaqtinchalik moratoriy, shuningdek, ushbu mamlakatda qonuniylikni ta’minlash uchun ko‘rsatilgan qat’iyat Yamanda keng qamrovli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida murosaga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblaymiz.

Biz barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun vazmin bo‘lishga va siyosiy iroda ko‘rsatishga chorlaymiz.