O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axboroti

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi.

Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, A.Kamilovning salomatligini yanada chuqurroq tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda Vazir ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda.