O‘zbekiston-Malayziya hamkorligiga 30 yil to‘ldi

2022-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Malayziya Tashqi ishlar vaziri Sayfuddin Abdullaga ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Tabrikda so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish uchun mustahkam poydevor yaratilgani ta’kidlanadi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani alohida qayd etiladi.

O‘zbekiston-Malayziya o‘rtasidagi munosabatlar tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda yanada chuqurlashishiga ishonch bildiriladi.

***

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasini Malayziya qo‘llab-quvvatlagan va uning hammualliflaridan biri bo‘lgan.