O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2022-yil 11-12-iyul kunlari tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida Rossiya parlamenti, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, dasturda rossiyalik ekspertlar, vatandoshlar, o‘zbek diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati uyushtirilishi ham ko‘zda tutilgan.