Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
2022-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ozarbayjon tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidovni yuksak masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi.
Tomonlar, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 2023-yil bilan ham bir-birini qutladi.
Oʻzbekiston-Ozarbayjon koʻp qirrali strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni faollashtirishga oʻzaro tayyorlik tasdiqlandi.
Vazirlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va boʻlajak tadbirlar jadvalini kelishib oldilar.