MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi bilan uchrashuv

2022-yil 12-iyul kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

V.Norov Hamdo‘stlik xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish uchun zarur platforma bo‘lgani va bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. 

Tomonlarning Hamdo‘stlik doirasida o‘zaro manfaatli sohalarda faol hamkorlik qilishga tayyorligi tasdiqlandi. 

Bo‘lajak tadbirlarning turli jihatlari, jumladan, MDH tashqi ishlar vazirligining navbatdagi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

MDH ijroiya qo‘mitasi raisiga O‘zbekistonda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning muhokamasi, ushbu islohotlarning ustuvor yo‘nalishi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati, ajralmas huquq va manfaatlari eknalgi to‘g‘risida  ma’lumot berildi.