Falastin Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Falastin Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxanini mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Uchrashuvda Elchining faoliyati davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.
Tomonlarning o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.
M.Tarshaxani mamlakatimizda diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.