Falastin Elchisi bilan uchrashuv
2022-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Falastin Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Javad Muhammad Avadni qabul qildi.
V.Norov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.