Eron tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2022-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

H.Abdullahiyon Eron tomoni O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda tinchlik, osoyishtalik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. 

O'zbekiston-Eron ko'p qirrali munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengayishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Bo‘lib o‘tajak tadbirlarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayit bayrami bilan tabriklab, O'zbekiston va Eronning xalqlariga farovonlik va ravnaq tilab qolishdi.