Dominikana Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv haqida
2022-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dominikana Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Frank Kastellanosni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Vazir Elchini lavozimga kirishishi bilan tabrikladi va mas’uliyatli vazifasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Dominikana hamkorligini faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar oʻrtasida BMT va Amerika davlatlari tashkiloti doirasidagi hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.