BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv to'g'risida

2022-yil 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Tsuy Dunyu bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

V.Norov qayd etganidek, O'zbekiston FAOni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim global ko'p tomonlama platform, deb biladi. 

So'nggi yillarda O'zbekiston va FAO o'rtasidagi hamkorlik misli ko'rilmagan darajada jadallashmoqda. Birgalikdagi sa'y-harakatlar natujasida FAOning O'zbekistondagi portfeli umumiy qiymati 65 million dollarga 59 ta milliy, mintaqaviy va global loyihani tashkil etayotir. Mamlakatimiz Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba FAOning Yevropa uchun 32-mintaqaviy konferentsiyasiga muvaffaqiyatli raislik qildi. 2020-2030 yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun mamlakatimiz va FAO o'rtasida imzolangan Doiraviy dasturni to’la-to’kis amalga oshirish muhimligi qayd etildi. 

Tsuy Dunyuyom Samarqand shahridagi ShHT sammiti chog’ida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yili Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha xalqaro konferensiyani o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatladi.

FAO Bosh kotibi mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyotini yuqori baholadi. Tashkilot oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirishda O’zbekistonga har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligi bildirildi.