BMT Bosh kotibi birinchi o'rinbosarining O'zbekistonga bo’lajak tashrifiga doir
2022-yil 8-9-iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o'rinbosari Amina Muhammad O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O'zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashuvlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan, Muloqotlarda O'zbekiston – BMT bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.