Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afgʻoniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi.

Tabrikda shunday deyiladi:

«Biz qoʻshni doʻst Oʻzbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

Biz Qodir Ollohdan Oʻzbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va gʻururini asrashini tilab qolamiz.

Oʻzbekiston va Afgʻoniston xalqlarini nafaqat yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

Biz Oʻzbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, doʻstlik hamda yaxshi qoʻshnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bogʻlab qolamiz”.

Zabihulloh Mujohid,

Afgʻoniston Islom Amirligi

Matbuot kotibi

01.09.2021