YXHT DIIHB rahbari bilan muzokaralar to‘g‘risida

2021-yilning 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Varshava shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va YXHT DIIHB o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri YXHT va uning tuzilmalari, shu jumladan inson huquqlari, demokratik institutlarni mustahkamlash va himoya qilish, saylov jarayonlarini takomillashtirish masalari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish hisoblanadi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.