YXHT DIIHB delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

2021-yilning 27-aprel – 1-may kunlari YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy sud, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va boshqa vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.