“Yil diplomati” respublika ko‘rik-tanlovi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Tashqi ishlar vazirligi tizimida, shuningdek xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida ishlovchi diplomatik martabaga ega xodimlar o‘rtasida “Yil diplomati” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 30-oktabr kuniga qadar foreign@senat.uz elektron pochtasiga ariza yuborish lozim. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

– motivatsiya xati;

– sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida hisobot;

– malaka oshirish, chet tillarini bilish va boshqa sertifikatlar.

Ko‘rik-tanlov natijalari (g‘oliblari) 2021-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati veb-saytida elon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

– “Yil diplomati” (1, 2, 3-o‘rinlar);

– “Yil diplomatik vakolatxonasi” (1, 2, 3-o‘rinlar).

Batafsil ma’lumot ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘rsidagi nizomda belgilangan.