YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv tog‘risida

2021-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining OAV bo‘yicha Markaziy Osiyo konferensiyasida ishtirok etish uchun kelgan YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyruni qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha byurosi o‘rtasida so‘nggi yillarda o'rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot mamnuniyat bilan qayd etildi. So‘z erkinligini ta‘minlash va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sohasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga qat‘iy niyat bildirildi.

YeXHT vakili O‘zbekistonda mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa‘y-harakatlarni yuqori baholadi va OAV erkinligi bo‘yicha byuro bu jarayonni har tomonlama qo'llab -quvvatlashini tasdiqladi.

Tomonlar, shuningdek, so‘z va fikr erkinligi tamoyillarini himoya qilish va ilgari surish, OAV sohasida qonun ijodkorligi bo‘cha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishda OAV erkinligi bo‘yicha byuro tomonidan ko‘maklashishga oid hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.