Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan telefon muloqoti to‘g‘risida
2021-yil 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar muhokama qilindi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarini yuqori baholadi.