Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitisiya, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohalaridagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, bo‘lajak turli darajadagi ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. T.Hakala O‘zbekiston tomoniga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari va boshqa shaxslarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilish jarayonida har tomonlama ko‘rsatayogan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.