“Yangi Amerika xavfsizligi markazi” (CNAS) vakillari bilan uchrashuv

2021-yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrfi buyurgan “Yangi Amerika xavfsizligi markazi” (CNAS) bosh ijrochi direktori Richard Fonteyn va CNASning Hindiston-Tinch okeani dasturi rahbari Liza Kyortisni qabul qildi. 

Vazir Amerika tomonini mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berdi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.