Xiva shahri "Turkiy dunyo madaniy poytaxti" deb eʼlon qilindi

"Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi doirasida Xiva shahridagi Ichan-Qal‘a muzey-qo‘riqxonasida hamda Nurullaboy majmuasida “Xiva – turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilinishiga bag‘ishlangan madaniy konsert dasturi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etib, mazkur tadbirga tashrif buyurgan xorijiy tashkilotlar vakillarini samimiy qutladi.

Shundan so‘ng, UNESCOning O‘zbekistondagi vakili Gabriella Ramos hamda "TURKSOY" xalqaro tashkiloti direktori o‘rinbosari Bilol Chakiji, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovga Xiva shahrining "Turkiy dunyo madaniyat poytaxti" deb eʼlon qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonning "TURKSOY"ga aʼzo bo‘lishi yurtimizning boy madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.