Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2021-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga rasmiy tashrif hamda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sherikligining hozirgi holati va uni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.