Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2021-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning ayrim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakatning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.