Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2021-yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasining yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi bo‘yicha fikr almashib, mamlakatda tinchlik jarayoniga o‘zaro ko‘maklashish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Tinchlik va barqarorlikni ikki tomonlama asosda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xususan, ShHT-Afg‘oniston muloqot guruhi doirasida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Birodar afg‘on xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordamni davom ettirish, shuningdek, Afg‘onistonda doimiy tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarda mintaqa mamlakatlarining ulkan roli qayd etildi.