Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi – Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi tayinlandi
2021-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV Hayʼatining kengaytirilgan majlisida Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi – Vazirlik rasmiy vakili lavozimiga tayinlangan Yusup Kabuljanovni tanishtirdi.
Y.Kabuljanov diplomatiya sohasida 2009-yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.
2009-2016-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, Vazirlik huzuridagi “Jahon” axborot agentligi direktori o‘rinbosari.
2016-2018-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi.
Ingliz va rus tillarini biladi.
Oilali. Besh nafar farzandi bor.