Ukraina bilan siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida
2021-yil 19-may kuni O‘zbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin rahbarlik qildilar.
Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.