Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarininig bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari, hudulararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
Turkmaniston tomonining 2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki ham ko'rib chiqildi.