Turkiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida
2021-yilning 6 – 9-mart kunlari Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.