Turkiya Elchisi bilan uchrashuv
2021-yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi aloqalar, jumladan 2020-yilda Anqara shahrida ikki mamlakat davlat rahbarlari raisligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Vazir Elchining O‘zbekistondagi faoliyati samarali bo‘lganini qayd etdi va unga davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Mehmet Sureyya Er, o‘z navbatida, Turkiya Elchisi sifatida faoliyatida davomida ko‘rsatilgan yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi.