Toshkent viloyatida “Diplomatlar bog‘i” tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “Yashil makon” milliy dasturini amalga oshirish doirasida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasi hududida “Diplomatlar bog‘i”ni tashkil etish masalasi ishlab chiqildi.
2021-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, xorijiy davlatlarning Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida ko‘chat o‘tqazish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xorijlik ishtirokchilar tomonidan O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni kuchaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash va yashil hududlarni ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholandi.