Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv
2021-yil 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abdujabbor Aziz Rahmonzodani qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, Elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi hamda ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvafaqqiyatlar tiladi.
Uchrashuv chog‘ida ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sababli bugun kunda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari jadal rivojlanayotgani, yangi yo‘nalishlarni qamrab olib, amaliy mazmun bilan boyiyotgani qayd etildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajada bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
Anvar Ilyasov olgan surat