TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
2021 yilning 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo‘nalishidagi reys bekor bo‘lishi sababli Moskva shahrining “Vnukovo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘plangan.
Xayriya tashkilotlari ko‘magida “Vnukovo” aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlandi.
O'zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo‘lgan reysning barcha yo‘lovchilari (180 kishi) “Azur Air” aviakompaniyasining (Rossiya) navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.