Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tanishtirildi
2021-yil 31-dekabr kuni TIV hay’ati yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-74-son qaroriga muvofiq Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Vladimir Norov tanishitirildi.
V.Norov Tashqi ishlar vazirligi tizimida katta tajribaga ega.
2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Alisherbek Paygamov ishtirok etdi.