Shveysariya Tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2021-yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) Ignatsio Kassis o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shveysariya fuqarolarini O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilish bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalarga alohida e’tibor qaratildi.