Shveysariya Elchisi bilan uchrashuv
2021-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shveysariyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Konstantin Obolenskiyni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilar ekan Vazir Elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi va unga yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni jadallashtirish orqali munosabatlarni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Afg‘onistondagi mavjud holatni hisobga olgan holda mintaqadagi vaziyat, shu jumladan, Shveysariya fuqarolarini bu mamlakatdan evakuatsiya masalalari yuzasidan fikr almashildi.