Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

2021-yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hisham as-Suvaylimni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida Elchining 2017-2021 - yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ta’kidlanganidek, ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlanib bordi.

Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatinig amaliy qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.