Rossiya TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2021-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Rossiya tomonining “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.