Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv
2021-yilning 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining dolzarb masalalari, avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Rossiyaga amalga oshiriladigan oliy darajada tashrifga tayyorlarlikni faol davom ettirishga kelishib olindi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashdi.
Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda mintaqadagi mavjud vaziyat va uning kelgusi rivoji ko‘rib chiqildi.